Vnukovo xalqaro aeroportida 2018–2019 yillar kuz-qish mavsumi yakunlari bo'yicha aviakompaniyalarning aniqlik reytingini birinchi taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mukofotlar 10 nominatsiya bo'yicha o'tkazildi. O'zbekiston milliy aviakompaniyasi "Eng dinamik rivojlanayotgan xorijiy havo tashuvchisi" nominatsiyasida g'olib bo'ldi.
Mukofot Vnukovo xalqaro aeroporti tomonidan 2019 yilda ta'sis etilgan va parvoz navigatsiyasining har bir davri oxirida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda milliy aviatashuvchining Vnukovo xalqaro aeroportiga parvozlar chastotasi haftasiga 49 ta, Toshkentdan 21 ta va viloyat aeroportlaridan 28 ta reysni tashkil etadi.
"O'zbekiston havo yo'llari" Markaziy Osiyo mintaqasida etakchi aviatashuvchilaridan biri bo'lib, Evropaning, Osiyoning 40 dan ortiq shaharlarida va Alyaskadan Yangi Zelandiyaga charter reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning havo floti zamonaviy Boeing 757, 767, 787 Dreamliner va Airbus 320 samolyotlaridan iborat. Aviakompaniya bir necha bor Rossiyaning yirik aeroportlari reytingida eng aniq aviakompaniya deb topilgan.