O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi aviatsiya ma'muriyatlari mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda o'zaro kelishuvga erishdilar:
2021 yil 15 fevraldan boshlab Toshkent - Nur -Sulton - Toshkent yo'nalishi bo'yicha muntazam reyslar soni haftasiga 2 marotaba oshirildi.
"O'zbekiston havo yo'llari" har haftaning seshanba va juma kunlari ishlaydi.
Bu yo'nalishlarga reyslarni Air Astana ham amalga oshiradi.