Maxsus Respublika komissiyasining O'zbekistonda karantin muddatini uzaytirish va dunyodagi beqaror epidemiologik vaziyat to'g'risidagi qarori munosabati bilan aviakompaniya yozgi navigatsiya tugagunga qadar o'zining doimiy reyslarida sotuvini yopdi. Hozirgi vaqtda 2020 yil 1 avgustdan ba'zi yo'nalishlarda parvozlarni qisman tiklash masalasi ishlab chiqilmoqda. Parvozlarni tiklash haqidagi qaror keyinroq e'lon qilinadi.